TEZPARCEL – bu 2017-yil 1-dekabrda tashkil etilgan ishonchli yuk yetkazib berish xizmati. Oradan ko‘p o‘tmay, 10-dekabr kuni Londondan (Buyuk Britaniya) birinchi posilka jo‘natildi va bizning muvaffaqiyatli logistika yo‘limiz boshlandi.Tashkil topganimizdan beri asosiy maqsadimiz – xalqaro yetkazib berishni qulay, arzon va ishonchli qilish. Biz yuqori xizmat standartlariga intilib, mijozlarimizga tezkor echimlar, har bir bosqichda shaffoflik va har bir buyurtmaga professional yondashuvni taklif qilamiz.Bugungi kunda TEZPARCEL o‘z faoliyatini kengaytirib, Buyuk Britaniya, AQSh,Germaniya, Italiya, Shvetsiya, Turkiya, Malayziya, Singapur, Indoneziya, Xitoy, Avstraliya, Qozog‘iston va Tojikiston kabi 13 davlatda filiallarini ochgan. 100 dan ortiq xodimlarimiz har kuni mijozlarimizga tez va xavfsiz yetkazib berishni ta’minlash uchun ishlaydi.Har hafta 12 tonnadan ortiq yuk va minglab mahsulotlar jo‘natilib, mijozlarimiz chet eldan xaridlarni oson va qulay tarzda qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. TEZPARCEL xalqaro shoppingni soddalashtiradi va ishonchli xizmat hamda qulay sharoitlarni taqdim etadi.Mijozlarimizning bizga bo‘lgan ishonchi bilan faxrlanamiz va xizmatlarimizni yanada qulayroq, tezroq va xavfsizroq qilish uchun doimiy ravishda takomillashtirib boramiz.TEZPARCEL – ishonchli yetkazib berish bo‘yicha hamkoringiz! 🚀